O‘zbekiston | 16:59 / 02.12.2021
6102
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Ipak Yo‘li» banki va Mastercard birgalikda «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasini e'lon qildi

Foto: Ipak Yo‘li banki

«Ipak Yo‘li» AITB Mastercard xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yilning 1 dekabridan 2022 yilning 1 mayiga qadar «Mastercard bilan omadli xaridlar» aksiyasi doirasida har oyda bir marotaba qimmatli sovg‘alar yutuqli o‘yinini o‘tkazadi.

Sovrin jamg‘armasi 3 toifadagi 35 ta qimmatli sovg‘ani o‘z ichiga oladi:

  • I toifa: Apple iPhone 13 Pro 256 GB mobil telefoni – 5 dona;
  • II toifa: Sony PlayStation 5 o‘yin pristavkasi – 15 dona;
  • III toifa: Apple Watch Series 7, 45 mm smart soatlari – 15 dona.

Aksiyada «Ipak Yo‘li» bankining istalgan bo‘limida chiqarilgan Mastercard Platinum Light va Mastercard Platinum Black kartalari sohiblari ishtirok etishi mumkin. Xalqaro kartani Ipak Yo’li Mobile mobil ilovasi orqali buyurtma qilish yoki bankning istalgan ofisida 10 daqiqa ichida ochish mumkin.

Apple iPhone 13 Pro 256 GB mobil telefoni bir vaqtning o‘zida g‘olib deb topilgan hamda bir malakaviy muddat ichida bitta Mastercard kartasi orqali amalga oshirgan to‘lov xarajatlari boshqa ishtirokchilar to‘lovlariga nisbatan ko‘proq bo‘lgan aksiya ishtirokchisiga beriladi. Ikki va undan ko‘p Mastercard kartalari to‘lovlari orasida bir xil summa aniqlangan holatda g‘olib tasodifiy sonlar generatori orqali tanlab olinadi.

Sony PlayStation 5 yutuqli o‘yinida qatnashish uchun bitta Mastercard kartasidan tovar yoki xizmatlar uchun 50 AQSh dollaridan boshlanadigan bir martalik yoki ketma-ket to‘lovni aksiya malakaviy muddatlaridan biri davomida amalga oshirish kerak.

Apple Watch Series 7, 45 mm smart soatlarini yutib olish uchun bitta Mastercard 20 dan 49,99 AQSh dollarigacha bo‘lgan summadagi bir martalik yoki ketma-ket to‘lovni aksiya malakaviy muddatlaridan biri davomisda amalga oshirish kerak.

Oylik yutuqli o‘yinni o‘tkazish haqida bank ijtimoiy tarmoqlarida oldindan e'lon beriladi. U onlayn-translatsiya shaklida «Ipak Yo‘li» bankining Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali o‘tkaziladi.

G‘oliblar ro‘yxati www.ipakyulibank.uz saytining «Yangiliklar» bo‘limi, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilinadi,  shuningdek, Instagram sahifasidagi aktual storizda saqlanadi.

Ma'lumot uchun telefon: 1296

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid