Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish bo‘yicha top-50 davlat orasiga kirmoqchi
Foto: Dreamstime
O‘zbekiston The Global Innovation Index jahonning eng innovatsion mamlakatlari top-50 ro‘yxatiga kirish niyatida. Innovatsion rivojlanish vazirligi ekspertlar jamoasi bilan birgalikda ushbu maqsadga erishish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Xususiy sektor vakillari va vazirdan iborat ekspertlik-tahlil guruhi hozirgi vaqtda O‘zbekiston innovatsion rivojlanishining qisqa va uzoq muddatli ssenariylarini ishlab chiqmoqda.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, mamlakatning innovatsion salohiyatidan foydalanilmagan, bu Global innovatsion indeksidagi yomon ko‘rsatkichlarga olib kelgan.
2015 yilda O‘zbekiston reytingda 122-o‘rinni egalladi. Taqqoslash uchun, uning yaqin qo‘shnilari - Qozog‘iston va Qirg‘iziston mos ravishda 82- hamda 109-pog‘onani egalladi. O‘tgan yili O‘zbekiston reytingda umuman taqdim etilmadi.
«Afsuski, bu indeksdagi bizning pozitsiyamiz qoniqarsiz. 2015 yilda O‘zbekiston 122-o‘rinni egallagan... Reytingning top-50 davlatlari ro‘yxatiga kirishni maqsad qilganmiz, deb o‘ylaylik, lekin uning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘tarilib bo‘lmaydi. Albatta, biz birinchi o‘ringa harakat qilishimiz kerak, ammo resurslarimiz cheklangan», - degan innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov.
Mavzuga oid
19:23 / 16.01.2026
O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida 5 pog‘onaga pastladi
17:56 / 16.01.2026
O‘zbekiston yashash uchun eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
15:13 / 15.01.2026
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
07:36 / 15.01.2026