Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Denov tumanidagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan qizni nomusiga tegib kelgan. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov va sud jarayonini vakolatlari doirasida kuzatib borayotganini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyatidagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tekkan. Direktor o‘rinbosari va o‘quvchining ism-sharifi Kun.uz'ga ma’lum.
Tahririyatga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, direktor o‘rinbosari yuqori sinf o‘quvchisini nomusiga tegib kelgan. 2024 yilning sentabr oyida o‘quvchining ota-onasi bu haqda xabar topgan va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani Surxondaryoda shunday holat bo‘lganini Kun.uz'ga tasdiqladi. Holat bo‘yicha voyaga yetmagan qizning ota-onasi arizasi asosida bolalar ombudsmani va IIB hamkorligida tergov harakatlari olib borilgan. Direktor o‘rinbosari ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
“Voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatga oid ish yurituvi bola manfaatlari himoyasi nuqtayi nazaridan ish tafsilotlari oshkor etilmagan tarzda olib boriladi. Bolalar ombudsmani bolaning hayoti, sog‘lig‘i va jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan har qanday jinoyat bo‘yicha olib borilayotgan tergov davomida o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda”, – deyiladi bolalar ombudsmani Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotda.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda ish sudga oshirilgan. Sud majlisi yaqin kunlarda yopiq tarzda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Buxoro viloyati Peshku tumanida 12 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 19.02.2026
Surxondaryoda giyohvandlik moddasi bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi
15:27 / 16.02.2026
Germaniyada 2025 yilda temiryo‘l vokzallarida qariyb 1000 ta pichoqli hujum sodir bo‘lgan
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026