23:14 / 26.01.2018
21114

Xorazmning to‘rt tuman hokimi tomorqa madaniyati tajribasini o‘rganish uchun Andijonga  kelishdi

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Xorazm viloyatining Shovot, Yangibozor, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumani hokimlari, o‘z hududlaridagi tadbirkorlar, qishloq ho‘jaligi vakillari bilan Andijonga tajriba almashgani kelishdi.

Vohadan tashrif buyurgan mehmonlar Oltinko‘l tumani, Ko‘makay qishlog‘ining o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotgan xonadonlarida bo‘lishdi. Tomorqaning har qarich yeridan unumli foydalanib, issiqxonada - sabzavot, turli sitrus meva, gul ko‘chatlari yetishtirishni hadisini olgan usta dehqonlarning tajribalari bilan tanishishdi.

foto: kun.uz

Delegatsiya a'zolari Xo‘jaobod tumanidagi mevani qayta ishlovchi logistika markazi, SAMO tekstil korxonasi, Oltinko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “Baxt imkon rivoj” naslchilik fermer xo‘jaliklarida bo‘lishdi.

- Andijon viloyatiga fermer va tadbirkorlardan iborat guruh bilan keldik. Tomorqadan unumli foydalanish maqsadida issiqxonalar barpo etib, limon, bodring, pomidor, turli sabzavot va ko‘kat yetishtirib, bir yilda ikki-uch marta hosil olish xonadonlarga qut-baraka olib keladi, - deydi Yangibozor tumani hokimi Ozod Madrahimov. - Har ikki viloyat mirishkorlarining eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha ham tajriba almashishi o‘z samarasini berishi aniq.

foto: kun.uz
foto: kun.uz

 

Mavzuga oid
Top