Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kiberxavfsizlik markazi» direktori o‘rinbosari madaniyat vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Olimjon Mirzayev O‘zbekiston madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san'atini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va ta'lim muassasalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, Olimjon Mirzayev 1981 yil 27 sentyabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 2001 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2003 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - telekommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnika va boshqaruv tizimlari mutaxassisi.
U 2017-2018 yillarda “Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi” davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari, 2018-2019 yillarda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoshidagi “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Olimjon Mirzayev 2019 yildan shu kunga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025