O‘zbekiston | 21:16 / 22.10.2025
3828
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda global konferensiya o‘tkaziladi

Kelgusi yili Parlamentlararo ittifoqning Yoshlar parlamenti a’zolari 12-global konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Jyeneva shahrida Senat raisi Tanzila Norboyeva va Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bu bo‘yicha namunaviy hujjatni imzoladi.

Shu hafta Shveytsariyaning Jyeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 151–assambleyasi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston nomidan Senat raisi Tanzila Norboyeva qatnashdi. U o‘z chiqishida dunyoda kechayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga xavf solayotganini gapirdi.

Assambleya doirasida Senat raisi bosh kotib Martin Chungong bilan ham ko‘rishib, muloqot qildi. Suhbat chog‘ida shu yilning aprelida Toshkentda o‘tkazilgan 150-assambleya, uning natijalari borasida fikr almashildi. Chungong O‘zbekistonning mezbonligidan tashkilot mamnunligini aytdi.

Shuningdek, muloqotdan so‘ng Tanzila Norboyeva va Marting Chungonglar 2026 yilda o‘tkaziladigan Yosh parlament a’zolarining 12-global konferensiyasiga mezbonlik rasman O‘zbekistonga o‘tuvchi namunaviy hujjatga imzo chekishdi. Ushbu xalqaro tadbir yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirish, xalqaro muloqotdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning bir qator yuqori darajadagi, juda muhim yig‘ilishlariga mezbonlik qilgan. Ulardan eng so‘nggisi 150 assambleya. Kelgusi yili yana O‘zbekistonga, bu safar global hamjamiyat oldida turgan muammolarni hal qilishda yoshlarning hissasini muhokama qilish uchun borayotganimizdan xursandmiz. Ishonchimiz komilki, O‘zbekiston hukumati ushbu konferensiyaning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlash uchun bor kuchini ishga soladi va uning natijalari yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish dasturini ilgari surishga yordam beradi. Asosiy maqsadimiz shu. Biz bu anjumandan yoshlarni boshqaruvga jalb qilish, ular uchun bandlik, ta’lim va boshqa sohalarda imkoniyatlar yaratishni rag‘batlantirishda bir turtki sifatida foydalanmoqchimiz”,- deydi parlamentlararo ittifoq bosh kotibi.

Mavzuga oid