Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus uchun alohida yo‘laklar bo‘ladigan 10 ta ko‘cha nomi ma’lum qilindi
Toshkent hokimiyati 10 ta yo‘nalishni qamrab oluvchi ajratilgan avtobus yo‘laklari (BRT) tizimini kengaytirish loyihasi bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Ularning ko‘pchiligi sobiq tramvay liniyalari bo‘ylab o‘tadi. Loyihani amalga oshirish uchun 126 mln dollar ajratish rejalashtirilgan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etdi.
Hokimning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida umumiy uzunligi qariyb 51 km bo‘lgan 10 ta yo‘nalishda BRT (Bus Rapid Transit) tizimi yaratilishini ma’lum qildi (eski taqdimotda 57,5 km edi).
Oldingi taqdimotda ko‘rsatilgan Kichik halqa avomobil yo‘li va Parkent ko‘chalari o‘rniga Alisher Navoiy va Beruniy ko‘chalari qo‘shilgan (bu ko‘chalar bu tizim birinchi bo‘lib joriy etilgan Shota Rustaveli ko‘chasining davomi hisoblanadi).
Davlat rahbariga taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, 2030 yilgacha quyidagi ko‘chalarda BRT tizimi quriladi:
- Shota Rustaveli (5,1 km),
- Shahrisabz (3,2 km),
- Amir Temur (5,7 km),
- Yangi Sergeli (5,3 km),
- Maxtumquli (1,3 km),
- Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzrabot (10,4 km),
- Lutfiy va Muqimiy (5,9 km),
- Nurafshon (3,7 km),
- Qoratosh – Ko‘kcha Darvoza (4 km),
- Alisher Navoiy – Beruniy (6 km).

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 126 mln dollar (eski taqdimotda 110 mln dollar edi) sarflash ko‘zda tutilmoqda.
Avtobuslarning o‘rtacha tezligi 18 km/soatdan 23 km/soatgacha oshishi, intervallar esa 20 dan 8–10 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
12:59 / 24.11.2025
Toshkent, Navoiy va Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarishida peshqadam
10:27 / 14.11.2025
Toshkent Markaziy Osiyo rahbarlarining yettinchi sammitiga mezbonlik qiladi
12:46 / 11.11.2025
Toshkentda chiqindi qarzi tufayli 6 ming abonentning elektr to‘lovi vaqtincha cheklandi
15:01 / 10.11.2025