O‘zbekiston | 19:50 / 21.12.2018
9246
2 daqiqa o‘qiladi

«Maxsustrans» chiqindilar uchun haq to‘lashdagi o‘zgarish haqida ma'lumot berdi

«Maxsustrans» davlat unitar korxonasi Toshkent aholisidan 2019 yil uchun chiqindi olib chiqilishiga hozircha oldindan haq to‘lamaslikni so‘radi. Bu haqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Muqobil boshqaruv kompaniyalari bilan chiqindi yig‘iladigan maydonchalardan bepul foydalanish va biriktirilgan mahallalar hududlaridan maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarining berilishi bo‘yicha 5 yillik shartnoma muddati yakunlanishi munosabati bilan ko‘rsatilgan hududlarga xizmat ko‘rsatish sekin-asta muqobil boshqaruv kompaniyalaridan «Maxsustrans»ning tuman filiallariga o‘tkazilmoqda», deyilgan xabarda.   

«Maxsustrans» muqobil boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadigan hududlar aholisidan bu ma'lumotni inobatga olishni va hududlarga xizmat ko‘rsatish «Maxsustrans» filiallariga o‘tkazilishi yakunlangungacha 2019 yil uchun chiqindi olib chiqilishiga hozircha oldindan haq to‘lamaslikni so‘ragan.  

Mavzuga oid