Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenkoning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko shu yilning fevral oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda hozirda Belarus prezidentining bo‘lajak tashrifi dasturi ishlab chiqilmoqda.
Bu haqda Belarus nashrlarida xabar tarqalgan, ammo O‘zbekiston tomoni hozircha bu borada kelishuv yo‘qligini aytgan.
Agentlik Belarusning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilganida uchrashuvning kuni va o‘tkazilishi joyi hali aniq emasligi haqida ma'lumot olgan.
"O‘zbekiston prezidenti Minskka borishi ham mumkin", — deyilgan elchixona xabarida.
Ma'lum bo‘lishicha, Lukashenko 2016 yilning oktabrida Islom Karimov bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ammo O‘zbekiston prezidentining vafot etishi tufayli boshqa formatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Lukashenko 2016 yilning oktabrida Pokistondan qaytishda O‘zbekistonga tashrif buyurgan, bu tashrif davomida Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan hamda prezident bevasi Tatyana Karimovaga o‘z ta'ziyasini izhor etgandi.
Shuningdek, u o‘sha vaqtda prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakat prezidenti etib saylangach, Belarus rahbari tabrik maktubi yo‘lladi va maktubda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha samarali faoliyatni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2016 yil yanvar-sentabr oylarida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 43,4 mln dollarni tashkil etgan, xususan eksport hajmi 23,4 mln dollarga, import hajmi esa 20 mln dollarga teng bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:27 / 17.12.2024
YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
00:13 / 28.09.2024
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
11:28 / 23.08.2024
YeI yana Minskni barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi
22:55 / 11.08.2024