Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning eng yirik masjidida azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi (video)
Foto: Vakillik.uz
7 yanvar kunidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan, O‘zbekistondagi eng yirik masjid bo‘lgan «Hazrati imom» majmuasida musulmonlarni namozga chorlovchi azon ovoz kuchaytirgichlar orqali yangray boshladi.
Azon.uz’ning xabar berishicha, namozdan so‘ng masjid imomi bu voqeaga alohida to‘xtalib, ko‘plab xayrli ishlari qatorida, azonni baland ovozda chaqirish ham shaxsan davlat rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, Habibulloh qori Abdurazzoqov O‘zbekistonda yana ko‘plab masjidlar ochilishi haqida xushxabarni ham aytib o‘tgan.
Qayd etish joiz, 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Sessiyada davlat rahbari Toshkent viloyatidagi barcha masjidlarni ta'mirlash, Qur'oni Karim musobaqasini tashkil etish kabi masalalar haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid
11:21 / 06.08.2019
Dalil ham, isbot ham bor. Buxoro hokimi oyni etak bilan yopmoqchimi?
18:25 / 03.08.2019
«Qani dalil, qani isbot?» - Buxoro viloyati hokimi qabriston bo‘yicha ma'lumotlarni «oldi-qochdi gap» deb atadi
21:11 / 02.08.2019
Buxorodagi qabristonni obodonlashtirishga tashkilotlar xodimlari majburiy jalb qilinmoqda - Kun.uz surishtiruvi
13:45 / 12.09.2016