Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Ibn Sino maktabi» tibbiy sayyohlik brendi tashkil etiladi
O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish maqsadida «Ibn Sino maktabi» brendini tashkil etilishi kutilmoqda. Uning tarkibiga Abu Ali ibn Sino muzeyi, zamonaviy tibbiyot muassasasi, O‘zbekistondagi tibbiyot rivoji haqida hikoya qiluvchi ilmiy maqolalar va boshqalar kiradi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida so‘z yuritilgan.
Shu maqsadda, 2017 yili Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida an'anaviy (xalq) tibbiyoti majmuasi tashkil etish rejalashtirilgan. Unda buyuk tibbiyot dahosi Ibn Sino nomidagi muzey va «Ibn Sino va an'anaviy tibbiyot» kutubxonasi, sog‘lomlashtirish-profilaktika markazi, dorivor o‘simliklar va xalq tibbiyotining boshqa vositalarini sotish bo‘yicha savdo nuqtalarini ochish orqali «Ibn Sino maktabi» brendini targ‘ib qilish belgilangan.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
11:52 / 16.12.2025