Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Menimcha, juda aqlli qaror» - Yuliy Yusupov konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid bandlar o‘zgarishsiz qoldirilishi haqida
Taniqli iqtisodchi, bloger Yuliy Yusupov Qoraqalpog‘istonda konstitutsion o‘zgarishlar fonida yuz berayotgan voqealarga munosabat bildirdi.
Foto: Yuliy Yusupov
«Prezident Nukusdagi yig‘ilishda konstitutsiyadagi Qoraqalpog‘istonga oid moddalar o‘zgarishsiz qolishi kerakligini ta’kidladi. Menimcha, bu juda aqlli qaror bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston referendum orqali O‘zbekiston tarkibidan chiqishi mumkinligi haqida modda chindan ziddiyatli. Ammo bu moddani o‘zgartirish zarur ekani xotirjam muhokama qilib bo‘lmayotgan, u umuman kerak bo‘lmagan keskinlikni keltirib chiqargan bo‘lsa, yaxshisi bu savolni muhokamadan olib tashlay qolish kerak.
O‘z fikrini o‘tkazish uchun qaysarlik qilib turish to‘g‘ri ish bo‘lmasdi. Avvalgi prezident aynan shunday qilgan bo‘lardi», deb yozdi Yusupov o‘z kanalida.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025