Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Burning Man festivali yakunlandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nevada shtati Blek Rok sahrosida bir haftadan beri davom etayotgan Burning Man (yonayotgan odam) festivali yakunlandi. Unda ishtirok etish uchun avgust oyining oxirgi dushanbasidan butun dunyodan mehmonlar tashrif buyurdi.

Ularning ishtirokida kimsasiz cho‘lda yirik shahar barpo etildi. Bir hafta mobaynida u yerda turli xil inshootlar paydo bo‘ldi. Arxitektura konstruksiyalari, art-binolar va installyatsiyalar, ishtirokchilarning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Va nihoyat, festival yakunida Yonayotgan odam — yog‘ochdan yasalgan ulkan tulum suratlari ham paydo bo‘ldi.

5-sentabr kuni Nevadada navbatdagi, Leonardo da Vinchining Vitruvian odamini eslatuvchi tulum yoqildi.
Bu yilgi festival mavzusi bekorga — «Da Vinchi Ustaxonasi» deb nomlanmaganini shundan ham bilsa bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:40 / 09.01.2026
«G‘arbiy yarimshar - bizniki». AQShning uch asrlik da’vosi yana kun tartibida
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
22:07 / 09.01.2026
Fransiya NATO a’zoligidan chiqishi mumkin
21:18 / 09.01.2026