Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘lini ko‘zdan kechirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va transportlar harakatiga qulaylik yaratish – muntazam jarayon. Bu, ayniqsa, aholi soni oshib, hududi kengayib borayotgan Toshkent uchun dolzarb masala.
Xususan, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston ko‘chasida istirohat bog‘i, uy-joylar, universitet va Olimpiya shaharchasi qurildi. Bu ko‘cha kelgusida Yangi Toshkent shahriga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri bo‘ladi.

Shu bois, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bo‘lgan yerosti avtomobil yo‘li barpo etildi. U soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Tunnelning usti yashil hududga aylantirilib, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan Olimpiya shaharchasi o‘rtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlandi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda loyihalashtirilgan metro yo‘li uchun tunnel va bekat ham qurildi.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasida barpo etilgan yerosti avtomobil yo‘li mashinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilg‘i iqtisod qilinishiga va atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayishiga sabab bo‘ladi.

Davlat rahbari yerosti avtomobil yo‘lining zamonaviy standartlar asosida tashkil etilganiga e’tibor qaratdi. Bu kabi ravon yo‘llar xalqqa qulaylik yaratib, turizm rivojiga hissa qo‘shishi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:09 / 11.10.2025
Yangiyo‘lda Lacetti qurilayotgan yerosti piyodalar o‘tish joyidagi chuqurga tushib ketdi
08:20 / 08.10.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
10:22 / 24.09.2025
“O‘rnatilganidan beri ishlaganini ko‘rmadik” – metrolarda elektron ko‘taruvchi qurilmalar nega ishlamayapti?
18:54 / 08.09.2025