Jahon | 14:30 / 07.05.2017
6310
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Bitta tinchlik sulhi yuzta g‘alabadan afzalroq

Foto: Khabar.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston armiyasi tashkil topganiing 25 yillik yubileyi va Vatan himoyachisi kuni bilan harbiylarni Ostonada o‘tayotgan paraddagi nutqida tabrikladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri. 

"Paradning hurmatli ishtirokchilari, huquq-tartibot idoralarida ishlovchi barchani mamlakatimizning qurolli kuchlari 25 yilligi bilan tabriklayman. Bizda Yer sharining birorta nuqtasida dushman yo‘q. Biz ushbu dono o‘gitni doimo esda saqlaymiz: bitta tinchlik sulhi yuzta g‘alabadan afzalroq", deb aytdi Nazarboyev paradning ochilish marosimidagi nutqida.    

Nazarboyev harbiylarga mamlakat armiyasi modernizatsiya qilinayotganini eslatib o‘tdi.

"Qadrdon Vatan himoyachilari! Bugun bizning bayram, bugun qurolli kuchlar butun mamlakat bilan o‘zining modernizatsiyasi tarixiy bosqichini boshdan kechirmoqda. Butun blok faolyatining tubdan yangi yo‘nalishi terrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Qozog‘iston vaqt pulsida qo‘lni ushlab, har qanday tahdidni qaytara olishi lozim", deb ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Prezident barcha qozog‘istonliklarni kelayotgan G‘alaba kuni bilan tabrikladi.

"Hurmatli vatandoshlar, qo‘shinlarimiz tavallud kuni Vatan himoyachilari kuni bilan ustma-ust tushadi va ulug‘ G‘alaba kunining nishonlanishiga start beradi. Biz o‘sha dahshatli urushning barcha qahramonlariga cheksiz minnatdormiz. Ular o‘z sa'y-harakatlari bilan fashizmni yengganlar. Sizning jasoratingiz avlodlar qalbida abadul-abad yashaydi", deb aytdi Nazarboyev.

Mavzuga oid