Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab, Toshkent shahrining asosiy ko‘chalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.
Foto: Mudofaa vazirligi
Tadbir “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida, harbiy orkestr va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlandi.
Shundan so‘ng harbiy bo‘linmalar jangovar qo‘shiqlari ila piyoda yurishni boshladi.
Marsh yo‘nalishi quyidagicha bo‘ldi: G‘alaba bog‘i (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) – O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) – “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shohko‘chasi va Furqat ko‘chasi) – “Magic City” majmuasi (Furqat ko‘chasi).
Magic City'dagi to‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tadbir fotosuratlarini taqdim etdi.





















Mavzuga oid
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
12:00 / 10.01.2026
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi fosh etildi
11:57 / 09.01.2026