Jamiyat | 20:51 / 24.11.2017
6876
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyalik san'atkorlar guruhi «Istiqlol» san'at saroyida konsert​ beradi 

Foto: Madaniyat vazirligi

24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va O‘zbekistondagi Gruziya elchixonasining elchisi Konstantin Jgenti bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda elchi Konstantin Jgenti joriy yilning dekabr oyida «Ulichnyye muzykanty» musiqa guruhi Olmaliq shahrida va «Istiqlol» san'at saroyida konsert tomoshasi tashkil etishini bildirdi. Shuningdek, 2018 yil O‘zbekiston madaniyat kunlarini Gruziyada o‘tkazish taklifini berdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23-28 may kunlari O‘zbekiston Respublikasida Gruziya madaniyati kunlari o‘tkazilgandi. Madaniyat kunlari doirasida, Gruziya kinosi kunlari, mashhur gruzin rassomi Nikko Pirosman asarlari ko‘rgazmasi, Hyatt Regency Tashkent​ mehmonxonasida «Ulichnyye muzykanty» musiqa guruhi konsertlari namoyishlari tashkillashtirilgandi.

Foto: Madaniyat vazirligi 

 

Mavzuga oid