Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya gipertovush quroli ishlab chiqarmoqchi
Illyustrativ foto/Pinterest
Fransiya gipertovush quroli ishlab chiqarish dasturini boshlashga qaror qildi. Fransiya qurolli kuchlari vaziri Florans Parli ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb xabar berdi AFP agentligi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqariladigan gipertovushli planer soatiga 6 ming kilometrdan ortiq tezlikda parvoz qila olishi lozim.
Xabar qilinishicha, dastlabki sinov parvozi 2021 yilning oxirigacha bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanmoqda.
Mazkur loyiha V-MaX (Vhicule Manoeuvrant eXprimental) nomini oldi. Loyihaning bosh pudratchisi Arianegroup aviatsiya-kosmik konserni bo‘ladi. Vazirning fikricha, loyiha "qator sohalarda harbiy salohiyat nuqtai nazaridan haqiqiy texnologik o‘sish bo‘ladi".
Mavzuga oid
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
23:23 / 10.01.2026