Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buenos-Ayresda yana bir bor O‘zbekiston madhiyasi yangradi, medallar soni 10 taga yetdi
Foto: Anvar Ilyasov
Argentina poytaxti Buenos-Ayresda o‘smirlar Olimpiadasi bahslari davom etmoqda. Musobaqaning 7-kunida O‘zbekistonning ikki sportchisi delegatsiya jamg‘armasini medallar bilan boyitdi.
Dastlab og‘ir atletika bahslarida Dolera Davronova bronza medalini qo‘lga kiritdi. +63kg vazn toifasi vakilasi dast ko‘tarishda 92 kg., siltab ko‘tarishda esa 125kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda esa 217 kg natija ko‘rsatgan Davronova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shundan so‘ng baydarka va kanoe bo‘yicha yakkamalik bahslarida Gulbahor Fayziyeva barcha raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. U musobaqada davomida Yangi Zelandiya, Belorus, Qozog‘iston vakilalaridan ustun kelib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi chiqishda vengriyalik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal bilan O‘zbekiston madhiyasining Buenos-Ayres arenalarida uchinchi marta yangrashiga sabab bo‘ldi.
Sport kurashlarida -49 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shohida Ahmedova sovrindorlar qatoridan joy oldi. Ahmedova musobaqa davomida Qozog‘iston, Venesuela, AQSh, Belorus mamlakatlari vakillarini mag‘lubiyatga uchratib finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda esa u shvetsiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi qo‘ydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.
Yettinchi kungi bahslarda delegatsiya hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi – jamg‘armada 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallari mavjud. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallari mikst bahslarida qo‘lga kiritilgan.
Musobaqalar 18 oktabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
10:39 / 22.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi
16:40 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasi yakunlari. Eng ko‘p medalni O‘zbekiston qaysi sport turlarida qo‘lga kiritdi?
08:13 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi
22:09 / 18.10.2018