Jahon | 09:51 / 08.09.2017
4314
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada dovuldan jabrlanganlar uchun maktablar va oliy ta'lim muassasalari yopiladi

Foto: Reuters

Florida gubernatori Rik Skott “Irma” dovulidan jabr ko‘rganlarni joylashtirish uchun barcha maktablar, davlat muassasalari, kollej va universitetlarni yopishga qaror qildi.  

“Men shtatdagi barcha maktablar, kollejlar, universitetlar va davlat muassasalarini jumadan dushanbagacha yopishni buyuraman”, deb aytgan Skott.

Uning aytishicha, “har bir oila evakuatsiyaga tayyor turishi kerak”.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp “Irma” dovuli hududiga tushadigan barcha aholini mahalliy va federal hukumat ko‘rsatmalariga quloq solishga chaqirgandi.

Mavzuga oid