Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Georgiy tasmalaridan foydalanish taqiqlandi
Petr Poroshenko Ukrainada Georgiy tasmalarini "tayyorlash va targ‘ib qilish"ni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqida davlat rahbari saytida xabar berildi.
May oyi o‘rtalarida Oliy rada tomonidan qabul qilingan qonun Georgiy tasmasi va uning tasviridan "ommaviy foydalanish, namoyish qilish, olib yurish, shuningdek tarqatish" uchun ma'muriy javobgarlikni kiritadi.
Endi G‘alaba ramzining kiyim-kechak yoki buyumlarga tushirilishi, avtomobillarga lentalarning osilishi, plakat va nakleykalardagi tasviri, ommaviy tadbirlar vaqtida va OAVda qo‘llanishi jarimalar hamda ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Jarima 850-2550 ming griven (32-97 dollar) atrofida bo‘ladi, taqiqlangan buyumlar musodara qilinadi. Yil davomida qonunbuzarlikning takrorlanishi 2,55-5,1 ming griven (97-190 dollar) yoki 15 sutkagacha ma'muriy javobgarlikka tortilish bilan yakun topadi.
Ta'kidlash joizki, hujjat Ikkinchi jahon urushi veteranlari uchun istisnolarni ko‘zda tutadi, zero ularning orden va medallari Georgiy tasmasi elementlariga ega.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026