Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaqf qilingan kitoblar Qashqadaryo viloyatidagi masjidlarga yetkazildi
7-8 oktabr kunlari «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Nishon, Kasbi va Mirishkor tumanlaridagi 43 ta masjidga jami 52 mln so‘mlik 2021 ta kitob yetkazib berildi.
Har bir masjidga «Qur'oni karim», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Ruhiy tarbiya» to‘plami, «Hadis va hayot» kitobidan 9 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobidan 7 ta juz, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Islom tarixi», «Mo‘minning qalqoni», «Ochiq xat», kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «Javome'ul kalim», «Faqif imomlar ixtilofida hadisi sharifning o‘rni», «O‘kinma», «Islom va olam», «Yengil amallar», «Hanafiy fiqhidan savol-javoblar», «G‘iybat o‘zi nima?», «Islomda oila», «Siz qanday yashamoqchisiz?», «Doka ro‘mol qachon quriydi», «Men ham namoz o‘qiyman», «Muallimi soniy», «Bir vijdon uyg‘onur» kabi kitoblar vaqf mulki qilib berildi.
Aktsiyaning to‘qqizinchi bosqichida mablag‘larini vaqf qilgan yoki aksiyani ulashib bo‘lsa-da yordam bergan barchaga rahmat deb qolamiz.
Alloh yo‘lida vaqf qilish imkonini qo‘ldan boy bermaylik, Allohning uylarini ilmu ma'rifatga to‘ldiraylik!
Eslatib o‘tamiz, to‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 306 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta'minlandi.
O‘ninchi bosqich (Buxoro) uchun mablag‘ yig‘ish boshlandi!
Pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):
8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)
Murojaat uchun telefon:
+998909074554 (Shavkatbek)
+998974490456 (Temurbek).
Mavzuga oid
19:17 / 04.03.2021
«Vaqf» fondi Qoraqalpog‘istonning ichimlik suviga muhtoj hududlarida quduq qazdiradi
17:36 / 03.03.2021
«Vaqf» fondi: Koronavirus sabab vafot etgan imom-noibning oilasiga uy hadya qilindi
16:56 / 25.02.2021
«Vaqf» fondi «Yaxshilik qil» ijodiy ishlar tanlovini e'lon qildi
20:20 / 18.02.2021