Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati IIB 3 kishini o‘ldirgan qotilni ushladi
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari Zangiota tumanida 3 kishini qasddan o‘ldirishda gumon qilinayotgan M.Musayevni qo‘lga oldi. Bu haqda Uznews.uz xabar bermoqda. Mazkur xabarni viloyat IIB mulozimi ham Kun.Uz tahririyatiga tasdiqladi.
2017 yil 14 avgustda muqaddam sudlangan 38 yoshli erkak «Turobobod» mahallasi Turkiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi 79 yoshli M.K.ning uyiga mehmon bo‘lgan. Uy egasi notanish kishining tunashiga ruxsat bergan. Yarim tunda M.Musayev uy egasi M.K., uning 66 yoshli nogiron singlisi Sh.K. va 50 yoshli qizi Sh.A.ni bo‘g‘izlab, o‘ldirgan. Shundan so‘ng, uydagi oltin kabi qimmatbaho buyumlarni olib yashiringan.

Jinoyatni fosh etishga ushbu mahalla ko‘chalariga joylashtirilgan tashqi kuzatuv kameralari qayd etgan videoyozuvlar yordam bergan.
Sud tomonidan M.Musayevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan.
Ayni vaqtda ushbu ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini viloyat prokuraturasi olib bormoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
13:47 / 04.04.2026