Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot Nukusda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Sababi sir tutilmoqda
«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Moskva-Toshkent reysi vaqtida manzilga yetib kelmadi. Toshkentga soat 16:55da qo‘nishi kerak bo‘lgan HY 604 reysi Nukusda to‘xtagan.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, parvoz vaqtida yo‘lovchilardan birining tobi qochib, vafot etgan va uchuvchilar samolyotni qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Hozircha vafot etgan shaxsning fuqaroligi haqida aniq ma'lumot yo‘q.
Samolyot Nukusda bir necha soat qolgan. Ayni vaqtda reys Toshkentga jo‘nab ketgan va qariyb 4 soatlik kechikish bilan poytaxtdagi aeroportga qo‘nishi kutilmoqda.
«Kun.uz» Toshkent va Nukus aeroportlari matbuot xizmatlari hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» axborot xizmatidan bu ma'lumotga aniqlik kiritishga harakat qildi. Ammo urinishlar besamara bo‘ldi va samolyot nega Nukusga qo‘ndirilganiga hech qanday izoh berilmadi.
Mavzuga oid
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
14:27 / 27.08.2024
Xorijdagi qoraqalpoq diasporalari vakillari Nukusda yig‘ildi - foto
07:33 / 27.08.2024
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
07:30 / 21.08.2024