Texnologiya | 00:13 / 01.07.2016
4094
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko Ukrainadagi Uber xizmatining birinchi yo‘lovchisi bo‘ldi

Taksi buyurtmasi xizmati Uber Ukraina poytaxtida o‘z ishini boshladi. Kiyev meri Vitaliy Klichko uning birinchi yo‘lovchisiga aylandi. Bu haqida «Interfaks Ukraina» nashri xabar beradi.

Kiyev aholisi uchun UberX hamyonbop tarifi mavjud. Mashinalarni buyurtma qilish 25 grivna turadi. Har kilometr yo‘l uchun dastur 4,5 grivna va daqiqa uchun yana 0,4 grivnadan hisoblaydi. Xizmatdan foydalanishning eng arzon narxi 40 grivnani tashkil etadi.

Yo‘l haqi faqat naqd pul orqali to‘lanadi.

ain.ua xabar berishicha, sudlanmaganlik haqidagi hujjat va yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega fuqarolargina Uber haydovchisi bo‘lishi mumkin.