Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mamlakat Afg‘onistondagi qochqinlarni qabul qila olmasligi aytildi
Turkiya Afg‘onistondan bironta ham qochqinni qabul qila olmaydi, deb ma'lum qildi mamlakatning humkron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Omar Chelik.
Foto: AP
“Turkiya qochqinlar lageri emas. Bizda boshqa bironta ham qochqinni qabul qilish imkoni yo‘q. Biz bu boradagi qarorni o‘zimiz qabul qilamiz. Biz chegaralarimizni mustahkam qo‘riqlamoqdamiz”, deb aytgan Chelik jurnalistlarga.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Afg‘onistondagi inqirozning keng qamrovli yechimini topishni qo‘llab-quvvatlaydi.
“U jadal xalqaro diplomatiya olib bormoqda. Erdo‘g‘an Afg‘onistondagi vaziyatni Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muhokama qildi. Biz “Tolibon” nazoratiga o‘tgan Afg‘onistonda inson huquqlariga amal qilinishini sinchkov kuzatmoqdamiz. Afg‘on xalqini yolg‘iz qoldirish kerak emas, hozir u yerda haqiqiy fojia yuz bermoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Chelik.
Mavzuga oid
17:46 / 30.12.2025
Rossiya Turkiyadagi «Akkuyu» AES qurilishini moliyalashtirish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
08:55 / 30.12.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna gumanitar yordam yetkazdi
17:59 / 29.12.2025