Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi
DXX akademiyasiga O‘zbekiston fuqarolari – bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan erkaklar: 1 yillik harbiy xizmatni o‘tagan va o‘tayotganlar, maktab, kollej va litsey bitiruvchilari hujjat topshirishi mumkin.
2022/23 o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta'lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Arizalar dxx.dtm.uz sayti orqali 10 noyabrga qadar onlayn qabul qilinadi. Bu haqda Davlat test markazi ma'lum qildi.
Tanlovda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va o‘tayotgan yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm.dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.
Ma'lumot uchun, DXX akademiyasiga qabul Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 241-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:59 / 20.12.2025
Samarqand va Surxondaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari olib kirishga urinish to‘xtatildi
17:59 / 14.12.2025
Surxondaryoda bojxona xodimi, Namanganda kadastr bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
08:49 / 27.11.2025
Afg‘oniston, Pokiston va Suriyada jang qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
09:44 / 26.11.2025