Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga maksimal bosim o‘tkazish siyosatini davom ettiradi
Foto: army.mil
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar KXDRga maksimal bosim o‘tkazish siyosatini davom ettiradi. Bu Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirishga erishish uchun kerak, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Biz maksimal bosim o‘tkazish kursini davom ettiramiz. Bizda BMT Xavfsizlik kengashi doimiy vakillari bilan maksimal bosim kampaniyasini davom ettirish bo‘yicha umumiy maqsad bor. Bizning barchamiz bu imkoniyatga ijobiy qaramoqdamiz, biroq maksimal bosim o‘tkazish bo‘yicha kampaniyani ham davom ettirmoqchimiz. Bu yadro qurolidan xoli hududga aylanish bo‘yicha real harakatlar va haqiqatdan ham ushbu jarayon yuz bermagunga qadar davom etadi», - deya aytib o‘tdi Makmaster KXDR bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar vakillari bilan uchrashuvdan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026