Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yetishtirilgan sariq tarvuz xorijga eksport qilina boshlandi
Bunday noodatiy tarvuzlar tez orada kilosi o‘rtacha 3,5–4,5 ming so‘mdan mahalliy bozorlarga ham chiqarilishi kutilmoqda.
Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan sariq tarvuz ilk marta xorijga eksport qilindi. O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi xabariga ko‘ra, chillaki F1 sariq tarvuzlari ilk partiyasi 4 tonna miqdorida Rossiyaga sotilgan.
Ma'lum qilinishicha, Gollandiya navi oddiy tarvuzdan nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi bilan ham farq qiladi.
«Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga o‘xshash ta'mi ananasga yaqin», – deyiladi xabarda.
Sariq tarvuz Latviya va Rossiya importchilari talabiga muvofiq yetishtirilgan bo‘lib, u ertapisharligi bilan ham ajralib turadi.
«Dehqonlar odatiy tarvuzlarning xosilini 90 kun kutishsa, bu nav 65 kunda tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, alohida o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni talab qiladi va oddiysiga nisbatan kam sug‘oriladi.
Mazkur chillaki sariq tarvuzlar kilogrami xorijga 55 sentdan eksport qilindi. Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda.
Shu hafta so‘ngiga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kilosi o‘rtacha 3,5–4,5 ming so‘mdan chiqarilishi kutilmoqda», – deb ma'lum qilgan O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
22:17 / 13.12.2025