Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron politsiyasi "Messi"ni hibsga oldi
Tashqi ko‘rinishi "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga juda o‘xshab ketadigan 25 yoshli Rizo Parastesh o‘tgan dam olish kunlari Erondagi Hamadon shahrida jamoat tartibini buzgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, politsiya "eronlik Messi"ni u bilan ko‘plab odamlar suratga tushmoqchi bo‘lgani uchun hibsga olgan. Shuningdek, qonun himoyachilari Parasteshning avtomobilini ham musodara qilgan.


"Messining egizagi" bir necha oy oldin "Barselona" libosida suratga tushib, sport saytlaridan biriga yuborganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan edi.
Mavzuga oid
17:43
Qozog‘iston Eronning uran zaxiralarini qabul qilishni taklif qildi
21:07 / 29.05.2026
Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi
18:59 / 29.05.2026
AQSh va Eron kelishuvga yaqin. Vositachilar muhokama qilayotgan 5 muhim masala tafsilotlari
14:54 / 29.05.2026