Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manzil-koloniyalardagi mahkumlarga mustaqil ravishda ovqat tayyorlash huquqi beriladi
Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Tegishli hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
IIV ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“2. JIEMlarga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar.”.
Quyidagi mazmundagi 6-1- band bilan to‘ldiriladi:
“6-1. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.”.
10-bandning (Manzil-koloniyalarga quyidagilar o‘tkazilmaydi) to‘rtinchi xatboshisi (yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar;”.
12-band (Manzil-koloniyalarda mahkumlar) quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yo‘qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi.”.
12-bandning amaldagi tahririga ko‘ra, manzil-koloniyalarda mahkumlar:
soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadilar;
ertalab o‘rindan turishdan kechki yotishgacha bo‘lgan vaqt mobaynida koloniya hududi doirasida erkin yurish huquqidan foydalanadilar;
agar ular bajarayotgan ish yoki olayotgan ta'lim taqozo etsa, ma'muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz yurishlari mumkin;
fuqarolar kiyadigan kiyimda yuradilar;
yonlarida pul va qimmatli buyumlar saqlashlari, puldan cheklanmagan holda foydalanishlari mumkin;
cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishlari, posilka, yo‘qlov va banderollar olishlari hamda jo‘natishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:11
Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
18:04 / 15.01.2026
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi
08:31 / 19.07.2025
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
19:46 / 28.03.2025