Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boshqaruvi akademiyasi bo‘yicha prezident farmoni qabul qilinadi
Foto: Davlat boshqaruvi akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.
Prezident farmoni loyihasida belgilanishicha:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash davlat boshqaruvining talab etilgan va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha, davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan, ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Akademiya davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, belgilangan kvotalardan tashqari to‘lov-kontrakt asosida ochiq tanlov yo‘li bilan davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish huquqiga ega;
Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oluvchi davlat fuqarolik xizmatchilari kontingenti har yili 1 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Administratsiya, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan Akademiyada davlat boshqaruvining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam ravishda ma'ruza, master-klass va suhbatlar shaklida mashg‘ulotlar o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4472-son Qaroriga muvofiq, Akademiya qoshida Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazi tashkil etilmoqda.
Belgilab qo‘yilishicha, Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga o‘rgatish tizimini tashkil etish;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga o‘rgatish faoliyatini amalga oshirishda ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda litsenziyalangan nodavlat ta'lim muassasalariga uslubiy ko‘maklashish;
tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish.
Belgilanishicha:
Markazga Administratsiya bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Markaz direktoriga prorektor, bo‘lim boshlig‘iga dotsent va xodimlariga esa katta-o‘qituvchi bazaviy lavozimi uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi.
Akademiya tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etilmasdan xodimlarining cheklangan umumiy soni 12 shtat birligidan iborat Axborot-tahliliy markaz tashkil qilinadi.
Quyidagilar ATMning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek, ularning yechimi bo‘yicha takliflar majmuini ishlab chiqish;
davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini rivojlantirish masalalariga oid axborot-tahliliy, ma'lumot va boshqa shakldagi materiallarni tayyorlash;
davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalariga davlat boshqaruvi, kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirishda uslubiy ko‘maklashish.
Akademiyaga:
davlat organlari va tashkilotlardan zarur statistik ma'lumotlarni, tahliliy materiallar, hujjatlar va boshqa ma'lumotlarni, shu jumladan, elektron shaklida beg‘araz asosda talab qilib olish;
axborot-tahliliy, ma'lumot va boshqa shakldagi materiallarni tayyorlash, shu jumladan, ATM zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda amaliy ekspert yordami ko‘rsatish uchun davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim mussasalari vakillari bilan hamkorlikda ishlash huquqi beriladi.
Belgilanishicha, ATM direktoriga fakultet dekani, bo‘lim boshlig‘iga dotsent va xodimlariga esa katta-o‘qituvchi bazaviy lavozimi uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari tatbiq etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar tarkibining soni va magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yillik soni o‘rtasidagi nisbatning me'yori 1:5 hisobida belgilanadi;
2020 yil 1 yanvardan boshlab Akademiyaning boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif jadvali bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari oshirilgan holda qo‘llaniladi;
Akademiyaning boshqaruv va o‘quv-yordamchi xodimlarining lavozim maoshlari amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash razryadlari va moddiy rag‘batlantirish sharoitlariga muvofiq belgilanadi;
Akademiya rahbariyati va boshqaruv xodimlariga davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan belgilangan martaba darajalari tatbiq etiladi;
Akademiyada o‘quv kurslari tashkil etish, shuningdek, uning vazifalariga kirmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayoniga Akademiyani jalb qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa turdagi hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Akademiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan kelishib olinishi lozim;
Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari ularning funksional vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlariga jalb etilmaydi, shartnoma doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
Mavzuga oid
14:14 / 30.08.2025
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga qabul tartibi belgilandi
10:09 / 09.08.2025
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
16:14 / 13.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
19:23 / 16.08.2022