Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining navbatdagi bosqichi boshlandi
Foto: Xalq ta'limi vazirligi
Umumta'lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichi boshlandi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning iste'dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni rag‘batlantirish, o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiada tashkil etiladi.
Mazkur olimpiada 22 ta fan bo‘yicha 3 bosqichda: maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichida 9 va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu yilgi viloyat bosqichida jami 13 233 nafar o‘quvchi o‘zaro bellashmoqda.
Fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi ikki turda: joriy yilning 23 mart kuni yozma ish va 24 mart kuni test sinovi ko‘rinishida tashkil etiladi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan fan olimpiadasining yo‘riqnoma va Nizom talablari asosida va adolatli o‘tkazilishi qat'iy nazoratga olingan.
Jumladan, barcha fanlar bo‘yicha hakamlar hay'ati tarkibiga bir nafardan hududdagi oliy ta'lim muassasasi, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejining tajribali o‘qituvchilari jalb etildi.
Olimpiada jarayonlarida jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida olimpiada o‘tayotgan sinfxonalarda auditoriya rahbari va nazoratchi bilan birga ota-onalardan vakil ham ishtirok etmoqda.
Umumta'lim fanlari bo‘yicha olimpiadaning III (viloyat) bosqichida har bir fandan 76 balldan yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Fan olimpiadasi g‘oliblari hududiy tashkiliy qo‘mitasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
09:05 / 13.12.2025
Fan olimpiadasi oltini uchun 1 mlrd so‘m: yangi rag‘bat tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
13:00 / 05.11.2025
Dohada o‘tkazilgan xalqaro fan olimpiadasida “Al-Jabr” maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi
09:10 / 24.05.2025