Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Onajon, endi Rossiyaga ketmang” - navoiylik tadbirkor sabab Farg‘onada ona va bolalari endi yangi uyda yashaydi
Farg‘ona shahrida yashovchi Muqaddas G‘aniyeva turmushi buzilgach ota uyiga sig‘may qolganidan keyin chorasizlikdan 6 yashar o‘g‘li Azizbek va 2 yarim yashar qizi Imronaxonni enagaga topshirib, o‘zi Rossiyaga ishlash uchun ketgani, enaga qizaloqni do‘pposlab, bosh qismi va butun tanasiga hayoti uchun xavfli bo‘lgan jiddiy jarohat yetkazgani haqida Kun.uzʼda surishtiruv e’lon qilingan edi. Videolavhadan keyin bolalar hayoti butunlay o‘zgardi. Navoiylik tadbirkor sabab Farg‘onada ona va bolalari endi yangi uyda yashaydi.
Aka-singil holidan xabar oluvchilarning keti uzilmadi. Bolalar uchun qoplab o‘yinchoq, kiyim-kechak va pul mablag‘lari olib keluvchilar ko‘paygandan ko‘paydi. Eng muhimi ona Rossiyadan qaytib keldi. Oilaning katta muammosi uysizlik edi. Endi bu ham ortda qoldi.
Navoiy viloyatidan bo‘lgan tanti va mard tadbirkor ayolga yangi ta’mirdan chiqqan xonadon olib berdi. Endi oilaning baxti butun bo‘ladi, desak adashmagan bo‘lamiz.


Darvoqe, ayolning Rossiyadagi qarzlarini to‘lab bergan va vatanga qaytib kelishi uchun aviachiptalargacha olib bergan ham ayni shu navoiylik tadbirkor edi.
12 yanvar kuni Rossiyadan O‘zbekistonga uchib kelgan Muqaddas G‘aniyevaga xonadon kaliti topshirildi. Vaqtinchalik boshqa xonadonda yashab turgan Azizbek va Imronaxonlar eson-omon onasi bag‘riga qaytdi. Issiq uyi, ko‘p o‘yinchoqlari, eng asosiysi, onasi doim yonida bo‘lishini orzu qilgan Azizbek endi o‘zida yo‘q xursand.


Enagaga nisbatan Farg‘ona shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
22:01 / 08.01.2026
Nestlé bolalar ozuqasi qaytarilmoqda. Ota-onalarni xavotirga solgan savollar
17:20 / 07.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlagan topshiriq vazirlikdan tushgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 06.01.2026