O‘zbekiston | 09:00 / 29.10.2025
2005
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda "Kelajak tibbiyoti 2025" yirik xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkaziladi

2025 yil 31 oktyabrdan 3 noyabrgacha Central Asian University (CAU) tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun "Kelajak tibbiyoti 2025" xalqaro olimpiadasini tashkil etadi. Bu O‘zbekiston tibbiyot ta’limi tarixidagi eng yirik voqealardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Central Asian University

Shu kunlarda Toshkent xalqaro tibbiyot kampusiga aylanadi. Bu yerda Yevropa va Osiyodan kelgan talabalar, olimlar va shifokorlar yagona maqsad — bilimlar amaliyotga, g‘oyalar esa haqiqiy tibbiy yechimlarga aylanadigan makon yaratish uchun jamlanadi.

Intellektual musobaqada dunyoning 60 ta yetakchi universitetidan 300 nafar talaba ishtirok etadi. Ular O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Koreya Respublikasi, Xitoy, Gruziya, Chexiya, Indoneziya, Vengriya va Avstraliyadan tashrif buyuradi. Bu talabalar uchun o‘z tayyorgarlik darajasini ko‘rsatish, tajriba almashish va butun dunyo bo‘ylab bo‘lajak hamkasblari bilan kasbiy aloqalar o‘rnatish uchun noyob imkoniyatdir.

Musobaqa dasturi akademik qat’iyat va klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi:

·  Tibbiyotning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy testlar;

·  Amerika Yurak assotsiatsiyasi (AHA BLS) standartlari bo‘yicha amaliy topshiriqlar;

·  Tashxis qo‘yishni talab qiluvchi klinik holatlar;

·  Interfaol tibbiy viktorinalar va simulyatsiyalar.

Olimpiada nafaqat nazariy bilimlarni, balki kasbiy tafakkurni ham keng ko‘lamda sinovdan o‘tkazadi.

Olimpiada tashkilotchisi — Central Asian University (CAU) rekord darajadagi sovrin jamg‘armasini taqdim etadi:

1-o‘rin — 500 mln so‘m;

2-o‘rin — 300 mln so‘m;

3-o‘rin — 150 mln so‘m.

G‘oliblar nafaqat pul mukofotlarini, balki xalqaro e’tirofni ham qo‘lga kiritadi. Bu esa keyinchalik dunyoning yetakchi klinikalarida amaliyot o‘tash va hamkorlik qilish imkoniyatini beradi.

Xalqaro tibbiyot olimpiadasi ishtirokchilarini Yevropa va AQShning nufuzli ilmiy markazlari vakillari bo‘lgan tibbiyot va biotibbiyot fanlari sohasidagi dunyoning yetakchi ekspertlari baholaydi. Ulardan har biri tan olingan mutaxassis bo‘lib, ularning tadqiqotlari kelajak tibbiyotining zamonaviy tushunchasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Professor Edvard Mozer (Norvegiya)

Psixolog va neyrobiolog, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori (2014), Kavli Institute for Systems Neuroscience professori va hammuassisi (Norvegiya fan va texnologiya universiteti, Tronxeym).

Edvard Mozerning xotira va fazoda mo‘ljal olishning neyron mexanizmlari sohasidagi tadqiqotlari miya faoliyatini tushunishda katta yutuq hisoblanadi va alsgeymer kasalligini o‘rganishda yangi istiqbollarni ochib bergan.

Doktor Skott Jyeykob (AQSh)

Case Western Reserve University (CWRU) va Cleveland Clinic professori hamda klinik shifokor-olim, aniq onkologiya va radiatsiya terapiyasi sohasidagi yetakchi mutaxassislardan biri.

Doktor Jyeykob molekulyar biologiya va raqamli diagnostika yutuqlaridan foydalangan holda saratoni shaxsiylashtirilgan davolashning innovatsion yondashuvlari bo‘yicha yetakchi tadqiqotchi hisoblanadi.

Doktor Abishek Deshpand (AQSh)

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokor, Cleveland Clinic Lerner tibbiyot kollejida (CWRU) tibbiyot bo‘yicha yordamchi professor, Cleveland Clinic yuqumli kasalliklar bo‘limi maslahatchisi.

Doktor Deshpand yuqumli kasalliklar, antimikrob terapiya va klinik tadqiqotlarga ixtisoslashgan bo‘lib, xalqaro ilmiy jurnallarda faol nashr etiladi va epidemiologik xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis sanaladi.

Jahon tibbiyotining bunday nufuzli vakillarining ishtiroki "Kelajak tibbiyoti 2025" xalqaro olimpiadasini chinkam tarixiy voqeaga aylantiradi. Ilm-fanning Nobel darajasi, Cleveland Clinic klinik tajribasi va tibbiy ta’limning xalqaro standartlari ilm-fan va hayotga mukammallik va xizmat qilishga intilayotganlar uchun yo‘l-yo‘riq namoyish etadi.

"Kelajak tibbiyoti 2025" mintaqada tibbiy ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichi ramziga aylanadi. Central Asian University innovatsiyalar, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim va yetakchi klinikalar bilan hamkorlik yangi avlod shifokorlarini shakllantiradigan xalqaro ta’lim platformasini yaratmoqda.

"Kelajak tibbiyoti 2025" olimpiadasi doirasida 31 oktyabr — 1 noyabr kunlari Central Asian University mikroblarga qarshi chidamlilik bo‘yicha global muammo va sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy qiyinchiliklarga bag‘ishlangan "The Health of the Nation 2025" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini ham o‘tkazadi.

Konferensiya O‘zbekiston, Rossiya, Norvegiya va AQShning yetakchi olimlari va amaliyotchilari, jumladan, Nobel mukofoti laureati professor Edvard Mozer hamda klinik tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi yetakchi tibbiyot markazi — Cleveland Clinic mutaxassislari doktor Skott Jyeykob va doktor Abishek Deshpandeni bir platformada to‘playdi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar asosiy mavzularni muhokama qiladi: antimikrob boshqaruvi va antibiotiklardan oqilona foydalanish, davolashda muqobil yondashuvlar, klinik amaliyotda faglardan foydalanish va mikrobiotaning yallig‘lanish kasalliklari bilan aloqasi.

Dasturga panel munozaralari, ma’ruzalar, yosh tadqiqotchilarning taqdimotlari va ochiq savol-javob sessiyalari kiritilgan. Ushbu konferensiya ilmiy fikr, xalqaro tajriba va CAUʼning Markaziy Osiyoda tibbiy tadqiqotlar va klinik ta’limning yangi madaniyatini shakllantirishga bo‘lgan intilishini birlashtirgan holda, olimpiadaning intellektual o‘zagiga aylanadi.

Manzil: Central Asian Expo Center (CAEx)

Sana: 2025 yil 31 oktyabr-3 noyabr

 

Central Asian University (CAU) haqida

2019 yilda O‘zbekistonda ta’sis etilgan Central Asian University mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. U tibbiyot, stomatologiya, biznes, arxitektura va dizayn, muhandislik, turizm va mehmonxona menejmenti hamda boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini taklif etadi. Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilar va amaliy ta’limga e’tibor CAUʼni butun dunyo talabalari uchun jozibador tanlovga aylantirmoqda.

Central Asian University Round University Ranking 2025 jahon reytingida TOP-1000 talikdan o‘rin oldi, THE Impact Rankings 2025 reytingida birinchi marta ishtirok etdi, Science and Innovation Awards tomonidan 2024 yilda O‘zbekistonning eng innovatsion universiteti deb tan olingan, shuningdek, AD Scientific Index tomonidan 2025 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh universiteti deb e’tirof etilgan.

CAU strategik xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda va Germaniya, Shveytsariya, AQSh va boshqa mamlakatlar universitetlari bilan qo‘shma akademik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda. Innovatsion ta’lim modeli va global hamkorlikka yo‘naltirilganligi tufayli universitet mintaqadagi oliy ta’lim muassasalari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.

Telegram | Instagram | Website

 Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid