Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoa shartnomasi qanday holatlarda tatbiq qilinadi?
SAVOL: Men kasalxonada ishlayman. Kecha majlisda bizning kasaba uyushmamiz raisi jamoa shartnomasiga ko‘p marotaba havola qilib kasalxona xodimlarining huquq va rahbariyat bilan o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi. Men ish boshlagan paytimda ushbu jamoa shartnomasi tuzib bo‘lingan edi. Men uni imzolamaganman. Endi ushbu jamoa shartnomasi menga nisbatan ham tatbiq qilinadimi, deb o‘ylanib qoldim.
A. Raximxodjayev
JAVOB: Albatta, tatbiq qilinadi. Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 29-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Siz o‘zingizning shaxsiy mehnatga oid huquq va majburiyatlaringizga taalluqli bo‘lgan mehnat shartnomasini imzolaysiz.
Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasini tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi o‘z vakillik organi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) ega. Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ishtirok etayotganlarning ellik foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, ma'qullangan hisoblanadi.
Umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ma'qullanganidan keyin taraflarning vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. Shunday qilib, jamoa shartnomasi har bir xodim tomonidan emas, balki ish beruvchi xodimlarning vakillari tomonidan imzolanadi.
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha xodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. Sizning jamoa shartnomasini mazmuni bilan tanishishga va uning qoidalariga rioya qilinishini talab qilishga to‘liq haqqingiz bor.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
10:06 / 19.07.2025