BBC O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tmoqda
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida chet ellik jurnalistlarning akkreditatsiyadan o‘tkazilishi bo‘yicha kerakli ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov respublika tashqi siyosatining zamonaviy bosqichi va uning dolzarb masalalari mavzusida o‘tkazilgan tadbirda tez orada bu bo‘yicha qo‘shimcha yangiliklar kiritilishi haqida ma'lum qildi.
«Dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Chet ellik jurnalistlar soni ortishidan manfaatdormiz», degan Komilov.
Tadbirda ishtirok etgan «Kun.uz» muxbirining Abdulaziz Komilovga asoslanib ma'lumot berishicha, ayni vaqtda VVS nashrini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni olib borilmoqda.
«BBC’ning arizasi qabul qilingan, akkreditatsiya qilish ishlari ketmoqda», degan vazir.
Ma'lumot uchun, 2017 yil 3 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida quyidagi xorijiy OAVlar akkreditatsiyadan o‘tgan:
Arzu Radio TV (Afg‘oniston)
«VGTRK» (Rossiya)
«Anadolu» AA (Turkiya)
«Rossiya segodnya» AA (Rossiya)
«AzerTAj» AA (Ozarboyjon)
«Trend» AA (Ozarboyjon)
«Jingji Jibao» AA (Xitoy)
«Kazinform» (Qozog‘iston)
The Daily Ittehad (Pokiston)
Reuters (Buyuk Britaniya)
«TRT» (Turkiya)
«BBC Monitoring» (Buyuk Britaniya)
«Interfaks» (Rossiya)
«TASS» (Rossiya)
«Sinhua» AA (Xitoy)
«Fars news» AA (Eron)
«Jenmin Jibao» (Xitoy).
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
19:37 / 02.12.2024
Rossiya elchixonasi rus OAV vakillarini O‘zbekiston qonunlariga rioya qilishga chaqirdi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024