Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Yevro-5 talablariga javob beruvchi yoqilg‘i ishlab chiqariladi
Bugun Xalqaro Press-klubda “O‘zbeknetfgaz: yangi davrga yangi strategiya bilan” mavzusidagi navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Sessiya davomida O‘zbekistondagi neft va gaz sohasidagi mavjud vaziyat hamda sohaning istiqbollari, shuningdek yangi loyihalar muhokama qilindi.
Anjumanda qatnashgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, ekspertlar bugungi kunda O‘zbekistonda sohaga oid 50 ta loyiha ustida ishlanayotganini ma'lum qilishgan. Ularning umumiy qiymati 21,8 milliardni tashkil qiladi. 2017 yil yakuniga ko‘ra, 16 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu esa ko‘plab yangi ish o‘rinlarining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Xususan, "Tandem" gazni qayta ishlash loyihasiga to‘xtalib o‘tildi. Bu loyiha yo‘lga qo‘yilsa, "Lukoyl" bilan birga oyiga 8 milliard kubometr gaz qazib olinadi. Loyihani amalga oshirishda eng ilg‘or texnologiyalar qo‘llanadi.
Jizzax neftni qayta ishlash kompleksi katta loyihalardan yana biri sifatida keltirib o‘tildi. Bu loyiha Yevro-5 talablariga javob beruvchi neft ishlab chiqarish imkonini beradi. Jizzaxning tanlangani uning geografik qulay nuqtada joylashganidir. Bu kompleks ishga tushirilsa, 2 mingdan ziyod kishi ish bilan ta'minlanadi. Keyinchalik esa 10 minglab ishchi o‘rinlarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Loyihalarni amalga oshirishda birinchi bosqich neft quvurlarini qurishdan iborat bo‘ladi. Bu borada Toshkent quvur zavodi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Zavodning ishga tushirilishini tezlashtirish maqsadida xorijiy kompaniyalar bilan ham hamkorlik qilinmoqda.
"O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Saidovning ma'lum qilishicha, zavod 2020 yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirilishi kerak.
Mavzuga oid
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
12:30 / 12.12.2025