Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
It, mushuk, qoramol va boshqa hayvonlarni ro‘yxatga olish talablari belgilandi
«Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Foto: Kun.uz
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko‘paytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda ro‘yxatga olinishi kerak.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.
Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:
- qoramol, ko‘y, echki va tuya – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;
- ot – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;
- cho‘chqa – tug‘ilganidan 1 oydan keyin;
- it va mushuk – tug‘ilganidan 3 oydan keyin.
Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
Saqlash va (yoki) ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.
Mavzuga oid
19:42 / 02.12.2025
Jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi belgilandi
23:27 / 20.11.2025
Mopslar va buldoglar yaqin 10 yil ichida yo‘qolib ketishi mumkin
18:40 / 07.08.2025
Hayvonlarni majburiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun bir yildan keyin kuchga kiradi
12:23 / 28.05.2025