Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi Mahmud Abbosni "tinchlik farishtasi" deb atadi
Vatikan Falastinni suveren davlat sifatida tan olgach, Rim papasi Frantsisk I 16 may kuni Falastin rahbari Mahmud Abbosni rasman qabul qildi.
Frantsisk I Vatikandagi qarorgohida Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv vaqtida u mehmonini "tinchlik farishtasi" deb atagan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qayd qilinishicha, papa Mahmud Abbosga urushga qarshi olib borayotgan harakatlari uchun tinchlikni ifodalovchi medalon topshirgan.
O‘z navbatida Falastin rahbari papaga XIX asrda islomdan nasroniylikka o‘tgan falastinlik ikki rohiba – qudduslik Mari−Alfonsin Danil Gattas va vifleyemlik Mariam Bavardiga tegishli buyumlarni topshirgan. 17 may kuni bu dindorlarni avliyolar safiga kiritish marosimi o‘tkaziladi.