Jahon | 18:51 / 12.09.2025
9283
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan Toshkentga uchgan samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashdi

Irkutskdan uchgan samolyot aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi

Rossiyaning Irkutsk shahridan Toshkentga uchgan samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Sharqiy-Sibir transport prokuraturasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 12 sentabr kuni ertalab Ural Airlines aviakompaniyasining Irkutsk—Toshkent reysini amalga oshirayotgan Airbus A319 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida qushlar galasi bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng, aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan.

Samolyot bortida 91 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyot jiddiy shikastlanmagani ta’kidlanmoqda.

Transport prokuraturasi tomonidan tekshiruv tayinlangan.

Mavzuga oid