Jamiyat | 14:56 / 20.05.2015
8372
2 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya" kitobi qayta chop etildi

Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Kifoya" kitobi qayta chop etildi.

Kitob uch jilddan iborat bo‘lib, uning nashriyot do‘konidagi bahosi 72 000 so‘m etib belgilangan.

“Hilol-nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitobda: “Musulmon odam, kim bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘zining kundalik, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotida, ibodati, yemoq-ichmog‘i, kiyim kiymog‘i va boshqa barcha narsalarida aynan e'timodli fiqhga doimiy ravishda muhtojdir. Mazkur ehtiyojni e'tiborga olgan holda, xalqimizga zarur bo‘lgan diniy hukmlarni hujjat va dalillari bilan, sodda va tushunarli ravishda, Hanafiy mazhabi asosida bayon qiluvchi bir kitob ta'lif qilishga Alloh subhanahu va taolodan yordam so‘ragan holimizda qo‘l urdik” deyiladi.

Mazkur to‘plamni nashriyotning Toshkent shahri, So‘galliota ko‘chasi, 5-uyda joylashgan kitob do‘konidan sotib olishingiz mumkin.