O‘zbekiston | 20:20 / 24.08.2025
23371
7 daqiqa o‘qiladi

Bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” prezident Farmoni e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq, mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlandi:

I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

  • Qodirov G‘ayrat Toirovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Mardlik” ordeni bilan

  • Qurbonov Dostonbek Zafarjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
  • Ismoilov Abduvoxid Salomovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
  • Tursunov Ikromjon Normurodovich - Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
  • Yusupov Sanjar Abdukarimovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshlig‘i

Do‘stlik” ordeni bilan

  • Ahmadjonov Timur Fatixovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bo‘lim boshlig‘i
  • Gordiyenko Oksana Mixaylovna - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
  • Toshqulov Akbar Jo‘raboyevich - O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri
  • Fazilov Botir Naimovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarma boshlig‘i

Jasorat” medali bilan

  • Bo‘ronov Jasurbek Botir o‘g‘li - Surxondaryo viloyati “Ayritom” chegara bojxona posti katta inspektori
  • Davronov Lazizbek Rahmonovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz guruh komandiri-yo‘riqchi
  • Jalilov Rasul Abdug‘aniyevich - Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Bekobod shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
  • Ismaylov Jyenisbay Aminbayevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism seksiya mutaxassisi
  • Mirzaxmedov Akmal Nasridinovich (marhum) - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Ne’matov Jasur Rustamovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
  • Siddikova Mohigul Maxmudovna - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi patrul-post xizmati inspektori
  • Yakubov Sobitjon Muminjon o‘g‘li - Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili

Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Abduraxmanov Xasanboy Alisherovich - Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi smena boshlig‘i
  • Babayev Akmal Abdukarimovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘quv markazi boshlig‘i
  • Baynova Yamilya Salimyanovna - Xorazm viloyati Davlat arxivi bosh arxivchisi
  • Botirov Nodir Baxtiyorovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati bo‘lim bosh serjanti yordamchisi
  • Ziyatov Asamiddin Xolmuminovich - Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori
  • Qoryog‘diyev Laziz Norqulovich - Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
  • Mirzaraximov Shavkatjon Joldoshovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari
  • Muhammadiyev Sherali Safarovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti
  • Nosirov Abduxalil Rustamovich - Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
  • Sabirov Ajibay Maxametsaliyevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i
  • Sulaymanov Ulmas Nazarovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i
  • Tadjiyev Ibragim Isakovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
  • Tleubayev Allayar Baxtiyarovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism bosh serjanti
  • Usanov Otabek Eshqobulovich - Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani prokurori
  • Xalilov Umar Muxammadovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus boshqarmasi guruh yo‘riqchi-qutqaruvchisi
  • Shodiyev Erkin Samiyevich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Ermatov Bunyodjon Sirochidinovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism mutaxassisi
  • Yuldashev Jonibek Zaripbayevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh yo‘riqchi-serjanti

Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Xudaynazarov Mansurbek Baxtiyorovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy gospitali boshlig‘i

Shuhrat” medali bilan

  • Aliyev Mirazim Akmalovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi bo‘lim boshlig‘i
  • Ataxanov Dastan Kadirbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yo‘riqchi-qutqaruvchisi
  • Ashirmatova Barno Saataliyevna - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni boshqarmasi katta ofitseri
  • Mavlonov Mardon Abduxamid o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh mutaxassisi
  • Mansurova Zulfiya Saidmurodovna - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi
  • Murzayev Rustam Kamilovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi boshlig‘i o‘rinbosari
  • Murodov Zoir Zokirovich - Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi G‘ijduvon tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari
  • Narjigitov O‘tkir Arzikulovich - Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limi katta tergovchisi
  • Nurjanov Ziyodbek Erkinovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
  • Rustamov Sardorbek Axmatjonovich - Andijon viloyati Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
  • Rustamov Tursunboy Baxtiyorovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘i
  • Suvanov Alisher Karimovich - Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchi-yong‘in o‘chiruvchisi
  • Hazratqulov Zahriddin Sobirjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
  • Xaydarov Muzaffar Raxmonaliyevich - Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
  • Xudayberdiyeva Roxila Axmadovna - Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi
  • Xudoyberdiyev Baxodir Abdurayimovich - Surxondaryo viloyati Angor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori
Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid