Jamiyat | 21:43 / 06.06.2018
10195
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA Medline tibbiyot markazi A.Romodanov nomidagi neyroxirurgiya instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Foto: AKFA Medline

31 may kuni ukrainalik mashhur neyroxirurg, professor Yevgeniy Pedachenko yurtimizga kelgan edi. Mutaxassis 5 iyun kuni AKFA Medline tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. Yevgeniy Pedachenko klinikada xirurgiya, neyroxirurgiya, nevrologiya, terapiya, fizioterapiya, pediatriya, kardiologiya kabi yo‘nalishlarda aholi salomatligini tiklash, mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ukrainalik shifokor tibbiyot markazining malakali mutaxassislari bilan uchrashib, o‘zaro fikr almashdi. 

“So‘nggi bor O‘zbekistonga tashrif buyurganimga ancha yillar bo‘lib qoldi. Qisqa vaqt ichida mamlakatingizda amalga oshirilgan islohotlar meni hayratga soldi. Xususan, neyroxirurgiya yo‘nalishidagi o‘zgarishlar meni quvontirdi. AKFA Medline tibbiyot markaziga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan batafsil tanishishga muvaffaq bo‘ldim. E'tirof etishim joiz, ushbu tibbiyot muassasasida malakali shifokorlar faoliyat yuritishmoqda. Markaz zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan”, - deya ta'kidladi Yevgeniy Pedachenko.

“Bir qancha o‘zbekistonlik mutaxassislar A.Romodanov nomidagi neyroxirurgiya institutida tahsil olishgan. Aytmoqchimanki, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarimiz bugun boshlangani yo‘q – uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. Bundan keyin ham hamkorligimizni yanada rivojlantirib, bir qator loyihalar ustida ish olib borishni rejalashtirganmiz”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Yevgeniy Georgiyevich Pedachenko akademik, oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari doktori, Ukraina davlat mukofotlari laureati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u Kiyevdagi A.Romodanov nomidagi neyroxirurgiya instituti rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Foto: AKFA Medline 

Ye.G.Pedachenko tashrifi davomida umurtqasida og‘ir jarrohlik patalogiyasi bo‘lgan bolalar va kattalarga bepul maslahatlar berdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida aloqani yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha tajriba almashish, shu bilan birga, hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolash hisoblanadi.

Tez orada A.Romodanov nomidagi neyroxirurgiya instituti AKFA Medline tibbiyot markaziga yuqori malakali mutaxassisni yuborishi rejalashtirilgan. Xorijlik shifokorning bemorlarga konsultatsiyalar berishi hamda zarur bo‘lganda jarrohlik aralishuvini tayinlashi belgilangan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid