Parijda Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi. Xitoy birinchi, O‘zbekiston - 13-o‘rinda
Parijdagi «Stad de Frans» stadionida dunyoga mashhur dijyeylar ishtirokida shou bilan yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Paralimpiya o‘yinlari yakuniga ko‘ra, medallar reytingida O‘zbekiston 13-o‘rinni egalladi.
2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlari 8 sentabr, yakshanba oqshomida Parijdagi tantanali marosim bilan yakunlandi, unda dunyoga mashhur dijyeylar ishtirok etdi. Shouni Parijning Sen-Deni chekkasidagi «Stad de Frans» stadioni tribunalarida 64 ming tomoshabin kuzatib bordi.
XVII Paralimpiya o‘yinlari 28 avgustdan 8 sentabrgacha bo‘lib o‘tdi. Parij Paralimpiya o‘yinlarida 22 sport turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Umumiy medallar hisobida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 13-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Parijdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Xitoylik sportchilar yana eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritishdi - 220 ta, ulardan 94 tasi eng yuqori darajadagi medallar.
«Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining har tomonlama yangi etalonidir», dedi Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons va bu «eng ajoyib Paralimpiya o‘yinlari» ekanini ta’kidladi. Keyingi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi.
Ukraina yettinchi o‘rinda
Ukrainalik paralimpiyachilar Parijda 22 oltin, 28 kumush va 32 bronza medalini qo‘lga kiritib, shu tariqa Paralimpiya o‘yinlarida medallar jadvalida 7-o‘rinni egallashdi. Mukofotlarning umumiy soni bo‘yicha Ukraina yana 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi kuchli beshlikka kirdi.
Ozarboyjon va Qozog‘iston jamoalari musobaqani mos ravishda 28- va 39-o‘rinlarda yakunladi. Rossiyalik paralimpiyachilar o‘yinlarda neytral maqomda ishtirok etishdi va ularning natijalari - 20 ta oltin, 21 ta kumush va 23 ta bronza medallari rasmiy turnir jadvalida inobatga olinmadi. Biroq ular yopilish marosimiga taklifnoma olishdi.
Mavzuga oid
21:29
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
00:01 / 08.12.2024
Zelenskiy Parijda Tramp va Makron bilan uchrashdi
16:09 / 30.11.2024
Parijdagi mashhur Notr-Dam soborida 5 yillik restavratsiya yakunlandi - suratlar
08:31 / 14.11.2024