Qashqadaryoda 1-sinfga borgan o‘quvchilarning yarmidan ko‘piga prezident sovg‘asi berilmagani ma'lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining aksar tumanlarida 1-sinf o‘quvchilari olishi lozim bo‘lgan prezident sovg‘asi berilmagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat haqida viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi. Unda yozilishicha viloyatda 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning yarmidan ko‘pi prezident sovg‘asini olmagan.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida Qashqadaryo viloyatida 1-sinfga 65 974 nafar o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yangi o‘quv yilida 62 640 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilingan.
Qayd etilishicha, shu paytgacha viloyat bo‘ylab 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun jami 26 697 ta prezident sovg‘asi yetkazilib berilgan. Jumaladan, Qarshi shahriga 5 000 ta, Kasbi tumaniga 3 435 ta, Mirishkor tumaniga 2 034 ta, Muborak tumaniga 1 610 ta, Koson tumaniga 4 750 ta, Dehqonobod tumaniga 3 075 ta, G‘uzor tumaniga 3 675 ta, Nishon tumaniga 3 118 ta sovg‘a yetkazilgan. Qolgan 35 943 nafar 1-sinfga borgan o‘quvchi hali prezident sovg‘asini olmagan.
Qashqadaryo viloyat XTB o‘z munosabatida prezident sovg‘asini olmagan tuman va shahar maktablariga bosqichma-bosqich yetkazilishini ma'lum qilgan, ammo aniq sanasini aytmagan.
«Qolgan tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlari tasarrufidagi maktablarga ham bosqichma-bosqich «Transport va logistika xizmati» DUK Qashqadaryo filiali tomonidan tez fursatlarda prezident sovg‘alari yetkazilishini ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon 1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun darsliklar, o‘quv qurollari va maktab sumkasidan iborat bo‘lgan prezident sovg‘asi beriladi.
Mavzuga oid
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
15:19 / 07.08.2024