Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yilning eng yaxshi tadbirkori» davlat mukofoti ta'sis etiladi
Prezidentning “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta'sis etish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, loyiha tadbirkorlarga motivatsiya berish uchun ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etib borish, tadbirkorlarni munosib taqdirlash va rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotlarini ta'sis etish nazarda tutadi.
Xususan, loyiha bilan “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofotini ta'sis etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” davlat mukofoti bilan taqdirlangan biznes vakillariga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik ustama mukofot puli to‘lanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, loyiha bilan Savdo-sanoat palatasiga “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, ya'ni “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta'sis etish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklanmoqda.
Bildirilishicha, hujjat ish o‘rni yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyat hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlash hamda rag‘batlantirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.12.2025
Prezident Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi
11:45 / 18.08.2025
Bir guruh ishbilarmonlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
11:23 / 18.08.2025
Prezident tadbirkorlardan bir guruhini mukofotladi
11:47 / 03.12.2024