O‘zbekiston | 12:55 / 13.03.2023
10062
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Orient HIBI Energy quyosh energiyasi tizimlari uchun uskunalar ishlab chiqaradi

Foto: Orient HIBI Energy

2023 yil 10 mart kuni Toshkentda quyosh energiyasi bilan ta’minlash tizimlari uchun uskunalar, jumladan, quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi Orient HIBI Energy qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Ishlab chiqarilgan komponentlar maishiy va sanoat ehtiyojlari uchun barqaror hamda ekologik toza energiya ta’minoti tizimlarini yaratish uchun ishlatiladi.

HIBI International Co, LTD prezidenti janob Vu Sun Myung (Wy Soon Myung) korxonaning ochilishi haqida shunday dedi:

“Toshkentda qo‘shma korxonaning ochilishi biznesimizni diversifikatsiya qilish va jahon bozoridagi ishtirokimizni kengaytirish strategiyamizdagi muhim qadamdir. Bizning maqsadimiz quyosh energiyasini hamma uchun qulayroq va samaraliroq qilishdir. Bizning tajribamiz va texnologiyamiz nafaqat an’anaviy energiya manbalariga qaramlikni kamaytiradigan, balki istalgan vaqtda uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlaydigan yuqori sifatli gibrid quyosh tizimlarini ishlab chiqarish imkonini beradi”.

Foto: Orient HIBI Energy

Korxonada ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, 24 soatlik monitoring markazi va hududlarga tashrif buyuradigan muhandislik xizmatlari faoliyat yuritadi, bu esa mijozlarga uskunadan foydalanishning barcha bosqichlarida maslahat va texnik yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Shunday qilib, mijozlar nafaqat yuqori sifatli uskunalarni, balki professional yordamni ham olishlariga ishonch hosil qilishlari mumkin.

“Quyosh energetikasi tizimlari uchun uskunalarga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida 1 kVt dan 10 kVt gacha bo‘lgan gibrid invertorlar, 20 kVt dan 1 mVt gacha bo‘lgan Ongrid invertorlar, shuningdek, yiliga 330 mingdan ortiq akkumulyator va 1 million donadan ortiq quyosh batareyalari ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Kompaniyamiz foydalanishni rejalashtirayotgan gibrid panellarning innovatsion texnologiyasi foydalanuvchilarga nafaqat quyosh batareyalaridan, balki shahar tarmog‘idan ham elektr energiyasini olish imkonini beradi, bu esa istalgan vaqtda uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlaydi”, — dedi Azim Abdusattarov, “Orient HIBI Energy” MChJ QK rahbari.

Foto: Orient HIBI Energy

Kompaniya Hyundai Solar Energy, Dass Tech, Rocket kabi global sanoat yetakchilari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib, ishlab chiqarish sohasidagi ilg‘or tajribalarga muvofiq ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 16 fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha mamlakatimiz hukumati ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Qo‘shma korxona nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki quyosh energiyasi tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy ta’minot tarmog‘ini rivojlantirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Qo‘shma korxonaga bir qator mijozlar, jumladan, quyosh energiyasini ishlab chiquvchilar, montajchilar va integratorlar qiziqish bildirishdi. Qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan komponentlar kichik turar joy tizimlaridan tortib yirik tijorat va kommunal loyihalargacha bo‘lgan keng ko‘lamli tatbiq uchun mos keladi.

Reklama