Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Islom moliyasini rivojlantirishga e’tibor ortib bormoqda
Xabar berilishicha, qurilish sohasidagi yirik tadbirkor Murod Nazarov IMAN Holding’ga qo‘shimcha $2 000 000 miqdorida investitsiya kiritib, holding ta’sischilaridan biri va Kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi.
Foto: IMAN Holding
«IMAN Holding’ga qo‘shgan hissam faqatgina pul emas. Bu — yangi bozorning katta istiqbollariga ishonch hamda samarali kompaniyalar, loyihalar va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash istagidir. Men mamlakatimiz va mintaqaning adolatli moliyaviy kelajagini shakllantirayotgan jamoaning bir qismi bo‘lishni xohlayman», — dedi Murod Nazarov.

IMAN Holding Islom moliyasi qoidalariga muvofiq investitsion va boshqa moliyaviy loyihalarni taklif etish orqali adolat va shaffoflik tamoyillariga asoslangan fintex-ekotizimni rivojlantirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘sishning yangi manbaiga aylanadigan barqaror va axloqiy moliyaviy yechimlar bozorini shakllantirishdan iborat.
Bugungi kunda IMAN Holding loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar investitsiya kiritishlari mumkin. Butun jarayonni esa IMANUM mobil ilovasi orqali boshqarish va kuzatish imkoniyati mavjud. Investitsiya muddati va miqdoridan kelib chiqqan holda yillik daromad 20 foizdan 27 foizgacha bo‘lishi mumkin. Dividendlarni har oy plastik kartaga chiqarib olish yoki qayta investitsiya qilish mumkin.

«Islom moliyasi — shunchaki trend emas. Bu sog‘lom iqtisodiyotning asosidir. Kompaniyalar uchun bu eng yaxshi g‘oyalarni amalga oshirish va o‘sish, investorlar uchun esa kapitalni ko‘paytirish imkoniyati. Bular birgalikda davlat iqtisodiyotining rivojiga hissa qo‘shish imkoniyatini yaratadi. Bu barcha tomonlar manfaati uchun ishlaydigan halol va adolatli modeldir», — dedi Murad Nazarov.
Murod Nazarov bilan bir qatorda kompaniya Kuzatuv kengashida Habibullo Ibragimov ham faoliyat yuritmoqda. U Qatarning Lesha Bank nomli yirik investitsion banki katta vitse-prezidenti hisoblanadi. Lesha Bank — yetakchi islomiy investitsion bank bo‘lib, 5 000 000 000 dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi va mintaqadagi asosiy moliyaviy institutlar qatoriga kiradi. IMAN Holding asoschisi Rustam Rahmatov, uning jamoasi hamda Kuzatuv kengashi a’zolari Murod Nazarov va Habibullo Ibrogimov adolatli moliya va investitsiya bozorini O‘zbekistondan boshlab rivojlantirishlari va bosqichma-bosqich qo‘shni hamda xorijiy mamlakatlarga chiqishlari kutilmoqda.
«Murod Nazarovning IMAN holdingidagi ishtirokini kengaytirishi Islom moliyasi tobora O‘zbekiston iqtisodiyotining rad qilib bo‘lmas bir qismiga aylanib borayotganining tasdig‘idir. Bizning maqsadimiz — kapitalning o‘sishi jamiyat manfaati bilan uyg‘unlashgan adolatli va shaffof moliyaviy ekotizimni rivojlantirishdir», — deya ta’kidladi IMAN Holding asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Rustam Rahmatov.
IMAN allaqachon xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lib ulgurgan. U dunyoning Islom moliyasi sohasidagi 30 ta yetuk kompaniyalari qatoridan joy olgan, Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan xalqaro Islom moliyasi bo‘yicha anjumanda «Eng yaxshi investitsion platforma» va Garvard universiteti talqini bo‘yicha «Islom moliyasi sohasidagi eng yaxshi loyiha» deb e’tirof etilgan. Bundan tashqari, IMAN AQShning 500 Global venchur fondidan investitsiya olishga muvaffaq bo‘lgan Markaziy Osiyodagi birinchi kompaniya hisoblanadi.
Telefon: +998 78 113 00 30
IMANUM ilovasi: https://imanum.go.link/KunUz
Instagram: https://www.instagram.com/imanumapp
Telegram: https://t.me/imanumapp
YouTube: https://youtube.com/@imanumapp
Reklama huquqi asosida