O‘zbekiston | 17:00 / 14.10.2025
7529
5 daqiqa o‘qiladi

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

11 oktyabr kuni Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani - O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbirda avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar hamda brend ixlosmandlarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuyg‘ularni uyg‘unlashtirgan haqiqiy shouga aylandi.

Mehmonlarni fotozonalar, ko‘zguli yo‘laklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neon muhit kutib oldi. Kechaning yorqin pallasi bo‘lgan yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining taqdim etilishi oldidan shou namoyishlar, akrobatik sahna namoyishlari mehmonlar uchun unutilmas kayfiyat bag‘ishladi.

ADM Global bosh direktori Doniyor Davletiyarovning ta’kidlashicha, kompaniya yangi bosqichga tayyorlanmoqda:

ADM Jizzakh zavodida birinchi Chery gibrid avtomobilining ishlab chiqarilishi korxonaning rivojlanishida muhim bosqichdir. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasidir. Biz O‘zbekiston avtomobil sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yo‘naltirilgan global transformatsiyasining bir qismi bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Bizning kelajagimiz — yangi texnologiyalar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar.

Asosiy ustuvor vazifamiz — kadrlar rivojlanishi. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur bo‘ladi va kelgusida mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘z R&D markazimizni yaratishga faol investitsiya kiritmoqdamiz. Keyingi bosqich — CKD PHEV/ICE ishga tushirish: an’anaviy va gibrid texnologiyalarni birlashtirgan platforma”, - dedi u.

“O‘zbekiston bugun investitsiyalar va yuqori texnologiyali loyihalar uchun qulay muhit yaratmoqda. Ishonchimiz komilki, Arrizo 8 Hybridʼni ishga tushirish tashabbusi nafaqat Chery va ADM Global mavqeyini mustahkamlaydi, balki barqaror rivojlanish va texnologiya uyg‘unligini aks ettirib, mamlakat avtomobil sanoati taraqqiyotiga hissa qo‘shadi”, - deya qayd etdi ADM Global kompaniyalar guruhi ta’sischilaridan biri Murod-Mirzo Sharipov.

Chery Uzbekistan direktori Per-Eli Dolua mahalliy bozorga tayyorgarlik rejalari haqida gapirdi: “Arrizo 8 Hybrid taqdimoti — O‘zbekistonda Chery uchun yangi davrning boshlanishi. Bu ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan brendning birinchi gibrid avtomobili bo‘lib, ekologik tozalik va intellektual texnologiyalarga o‘tish ramzi hisoblanadi. O‘zbekiston yosh va innovatsiyalarga ochiq jamiyatga ega va biz bu taraqqiyotga bo‘lgan intilishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Chery Arrizo 8 Hybrid — bu kelajak haqidagi tasavvurimiz: mahalliy bozor uchun moslashtirilgan quvvat, samaradorlik va raqamli yechimlar uyg‘unligidir”.

 

Quvvat va intellektuallik bir kuzovda

Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid — brend falsafasining timsoli. Old g‘ildirakli avto 1,5 litrli turbinali PHEV dvigatel va 1DHT maxsus gibrid transmissiya bilan jihozlangan bo‘lib, 347 ot kuchiga ega. Avtomobil 0 dan 100 km/soatga 7,3 soniyada chiqadi va faqat elektr rejimda 125 km, yoki 3,9 l/100 km yoqilg‘i sarfi bilan 1463 km gacha harakatlana oladi.

18 dyuymli yengil qotishma diskalar, LED optika, panoramali tom — hammasi beҷirim dizaynni yaratadi. Salonda esa zamonaviy texnologiyalar: raqamli panel, 12,3 dyuymli multimedia display, SONY audio system (12 dinamik, sabvufer bilan), o‘rindiq ventilyatsiyasi, ikki zonali iqlim-nazorat va AQS air purification tizimi mavjud. Multimedia tizimi to‘liq O‘zbekiston bozoriga moslashtirilgan — o‘zbek va rus tillarida.

Xavfsizlik va qulaylik

Arrizo 8 Hybrid xavfsizlikka jiddiy e’tibor beradi. Unda 10 ta xavfsizlik yostiqchasi bor, shu jumladan, tizzaga mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari ham. Gibrid tizim batareyasi IP68 himoya standartiga ega — chang va namlikka chidamli, to‘liq suvga botishga bardoshli. To‘qnashuvda yuqori kuchlanishli ta’minot 2 millisekundda uziladi.

Mustahkam temir kuzov, energiya yutuvchi qatlamlar va har 5 daqiqada 800 ta tekshiruvni amalga oshiradigan intellektual diagnostika tizimi yuqori darajadagi himoyani ta’minlaydi.

Adaptive Cruise Control, Lane Keep Assist, 360° View va Automatic Braking System har bir safarni maksimal xavfsiz va qulay qiladi.

Komplektatsiya va narxlar:

●  Luxury — 344 900 000 so‘m

  Premium — 364 900 000 so‘m

Ikkala versiya ham Chery flagman modellariga xos bo‘lgan texnologiya, dizayn va jihozlanishni o‘zida mujassam etgan.

Taqdimot avtomobilsozlik sohasida mamlakatdagi yilning eng yorqin voqealaridan biri bo‘ldi va Chery brendining O‘zbekiston bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga bo‘lgan intilishini namoyon qildi.

O‘zbekistondagi Chery avtomobillari haqidagi ma’lumotlar va narxlar bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Telefon goryachey linii: +998 71 276 55 55

Reklama huquqi asosida

 
Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid